Iroqning Rossiyadagi elçisi Haydar Hadiyning ma'lum qilişiça, Bağdod Kurdiston hukumati tomonidan mustaqillik töğrisidagi referendumning ötkazilişini qonuniy, deb tan olmaydi. Bu haqda «Izvestiya» yozmoqda.
«Eng avvalo şuni ta'kidlab ötmoqçimanki, iroqlik kurdlar 25 sentabrga möljallagan referendum Iroq hukumati tomonidan rad etiladi. Bu bizning konstitutsiyaga ziddir», - dedi u.
Diplomatning ta'kidlaşiça, BMT nuqtai nazaridan uşbu referendum noqonuniy.
«Bizning murojaat – keling referendumni biroz töxtatib turamiz va barça muammoli masalalar böyiça bir fikrga kelmagunga qadar muloqotni davom ettiramiz. Sababi hozir buning vaqti emas», - deya xulosa qildi Hadiy.
Avvalroq Iroq Kurdistoni hukumati mustaqillik böyiça referendum sanasini özgartirişdan boş tortgandi.











