Iroq Kurdistoni hukumati mustaqillik bo‘yicha referendum sanasini o‘zgartirishdan bosh tortdi. Bu AQSh davlat kotibi Reks Tillersonning chaqirig‘iga qaramay yuz berdi.

Bu haqda Reuters kurdlarning yuqori mansabli vakili Hoshiyor Zebariyga asosan xabar qildi.

«Sana o‘zgarishsiz qoldi, 25 sentabr, hech qanday o‘zgarish yuz bermaydi», - degan u.

Avvalroq AQSh hukumati Iroq kurdlaridan joriy yil 25 sentabrda Kurd muxtor viloyati mustaqilligi masalasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan referendum sanasini kechiktirishni so‘ragandi.