SAVOL: Men davlat korxonasida işlayman. Böş vaqtimda tadbirkorlik qiliş uçun yakka tartibda tadbirkorlik röyxatida ötganman. Şu mumkinmi?
Sohibjon Rasulov.
JAVOB: Vazirlar Mahkamasining «Tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullaniş taqiqlangan mansabdor şaxslarning röyxati töğrisida»gi 1992 yil 6 martdagi 103-son qaroriga muvofiq quyidagi mansabdor şaxslarga tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullaniş taqiqlangan:
- davlat hokimiyati va boşqaruv organlarining, huquqni muhofaza qiliş organlarining xodimlariga;
- davlat banklari rahbarlari va ularning örinbosarlariga, xizmat yuzasidan pul belgilariga va pul (bank) hujjatlariga bevosita aloqasi bölgan mansabdor şaxslarga;
- davlat korxonalari, muassasalari va taşkilotlari rahbarlariga va ularning bank hujjatlariga imzo qöyiş huquqiga ega bölgan örinbosarlariga;
- davlat ta'minot va savdo-sotiq korxonalari va taşkilotlarining rahbar xodimlariga;
- tadbirkorlik faoliyatini amalga oşiriş bilan boğliq masalalarni hal qiliş yoki bunday faoliyatni nazorat qiliş vazifasiga kiruvçi davlat organlarining rahbar xodimlari va mutaxassislariga.
Savolga huquqşunos Umida Absalomova javob berdi.
Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.















