2017 yilning may oyi örtalarida, noma'lum şaxs, Olmazor tumani hududida, fuqaro Mirjon Xalimjanovning (jabrlanuvçining anketa ma'lumotlari özgartirilgan) işonçiga kirib, unga tegişli bölgan «Iphone-4S» rusumli uyali aloqa telefonini 1.000.000 söm miqdordagi pullarga sotib olişini va'da qilib, aldov va işonçni suiiste'mol qiliş yöli bilan mazkur uyali telefonni egallab, jinoyat joyidan yaşiringan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan, Olmazor tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik, ya'ni özganing mulkini aldaş va işonçni suiiste'mol qiliş yöli bilan qölga kiritiş) alomatlari bilan jinoyat işi qözğatilgan. 

Içki işlar idoralari xodimlari tomonidan ötkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Raşid Latipov sodir etganliklari aniqlangan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boşqa jinoyatlarga aloqadorligi tekşirilmoqda.