Minskda Belarusda işlab çiqarilgan ilk elektromobilning taqdimoti bölib ötdi. Maşinani Belarus boş vaziri örinbosari Vladimir Semaşko sinovdan ötkazdi. 

Hukumat matbuot xizmati ma'lumotlariga köra, Belarusning ilk elektromobili mamlakat fanlar akademiyasi tomondan taqdim qilingan. “Avtomobil harakatçan, yaxşi tezlaşadi. Ançadan beri avtomat uzatmalar qutisiga ega avtomobilda yuraman. Farqni sezmadim”, deb aytgan Semaşko.

“Oldingizda elektromobillarga xos barça körsatkiçlar, taşqi köriniş va elektr qismlarga ega tajribaviy nusxa turibdi. Biz uni bu yönalişda tajribaga ega boşqa kompaniyalarni jalb qilgan holda yaratdik”, deb aytgan Birlaşgan maşinasozlik instituti boş direktori Sergey Poddubko.

Semaşkoning aytişiça, hozirça Belarus elektromobilining yuriş zaxirasi unça köp emas, u 100-150 km ni taşkil qiladi. “Biroq barça narsa takomillaşadi. Litiy batareyalar ham, superkondensatorlar ham rivojlanadi. Biz superkondensatorlarni özlaştiriş vazifasini oldimizga qöymoqdamiz”, deb aytgan Semaşko.

Uning fikriça, kelajak elektromobillar ortida. “Bu avvalambor ekologiya masalasidir. Ikkinçi masala – iqtisod. Uşbu avtomobilni 100 km ga quvvatlaş bugungi yuqori narx-navolarimizda bor-yöği 2-3 Belarus rublini (1-1,5 dollar) taşkil qiladi. Bu unça köp emas”, deb aytgan Semaşko va maşinaning energiya sarflaşdagi tejamkorligiga e'tibor qaratgan. 

Ma'lum qilinişiça, maşinaning seriyali işlab çiqarilişi yangi qurilayotgan “BelDji” zavodida yölga qöyilişi mumkin.

Ta'kidlanişiça, maşina dvigateli quvvati 80 ot kuçini yoki taxminan 60 kilovattni taşkil qiladi, bu esa şaharda harakatlaniş uçun yetarlidir. Maksimal tezligi soatiga 110 km. Uşbu elektromobil Xitoyning GeelySC7 maşinasi negizida yaratilgan. Maşinaning narxi ma'lum qilinmagan.

Belarus, elektromobil