Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakatning sölim oromgohlari va muqaddas qadamjolari haqida gapirib bergan. Ilgari Nazarboyev Oqmöla oblastining Buraboy qörğonida bölib turib, «Xabar» telekanaliga intervyu bergan.

«Men dunyo böylab gözal joylarni juda köp körganman, zamondoşlarim va kelajak avlodga aytişim kerakki — hozir men boşqa biror joyga dam oliş uçun bormayman. Hozir Buraboyda bölib turibmiz. Bunday ajoyib joyni boşqa heç yerda uçratmaganman. Odam qöli tegmagan tabiat! Köli ham bor, toği ham, suvi ham. Şarqiy Qozoğiston, Olatov etaklarida ham şunga öxşaş tabiatga duç kelasiz», — degan Nazarboyev.

Qozoğiston prezidentining qayd etişiça, Qozoğistonda ham boşqa davlatlarda bölgani kabi muqaddas qadamjolar bor.

«Bu joylarni hammangiz yaxşi bilasiz, köpçiligingiz öşanday joylarda istiqomat ham qilasiz va ular jahonga maşhur joylar. Insonning xayoliga darhol Xöja Ahmad Yassaviy, Ariston bobo, Ötror, Ğarbiy Qozoğistondagi Manğistov, Jiyiq (Ural) daryosi böyidagi «Oltin Örda» xonlarning qarorgohi, Ulitov, Berel, janubdagi Oltin odam kabi ziyoratgohlar keladi», — degan Qozoğiston prezidenti.