Özbekiston viloyatlarida 42 million dollar miqdoridagi elektrostansiyalar qurilmoqda. Mazkur mablağlar Jahon banki hisobidan ajratildi. Bu haqida «Özbekenergo» AJ vakillari 22 avgust kuni bölib ötgan matbuot anjumanida xabar berdi.
«Loyiha doirasida katta kuçlanişdagi transformatorlar, ölçov asboblari foydalanişga topşiriladi. Birgina, Samarqand viloyati böyiça 8ta avtotransformator örnatilmoqda. Şundan uçtasi işga tuşirildi. Bu esa Samarqandda bölib ötadigan Şarq taronalari, anjumanlarning obektlari bilan bevosita boğliq. Uçta transformatorni işga tuşiriş uçun 6 million dollar sarflandi. Buning uçun esa aholidan heç qanday soliq olinmadi, haq talab qilinmadi», - deya ta'kidladi «Özelektrtarmoq» UK boş direktori Xoliq Elmurodov.











