Janubiy Koreya hukumati muloqot kanallarini qayta tiklaş va gumanitar yordam körsatiş orqali KXDR bilan yaraşişga harakat qilişda davom etmoqda. Bu haqida 23 avgust kuni Janubiy Koreya uyuşma vaziri Ço Myon Kyon prezident Mun Çje Inning taşqi siyosiy masalalarga bağişlangan brifingida ma'lum qildi. 

"Ikki Koreya örtasidagi yeçilmagan muammolarni yengib ötiş uçun hukumat mamlakatlararo muloqotni yölga qöyişga harakat qiladi, harbiy muzokaralar va ajratilgan oilalarni birlaştiriş masalasiga doir muzokaralar ham şular jumlasidandir", - deya vazirning sözlarini keltiradi Yonhap agentligi. 

"Janubiy Koreya şoşilinç gumanitar yordam masalalari, şuningdek Şimolda qölga olingan kişilar masalalarini hal qiliş bilan bir qatorda Şimoliy Koreya fuqarolari duç kelayotgan vaziyatni yaxşilaş uçun ham insonparvarlik yordami körsatişga harakat qiladi", - qöşimça qildi u.

Iyun oyida Seul Koreya yarim orolidagi ziddiyat darajasini pasaytiriş maqsadida Pxenyanga ikki mamlakat harbiylari örtasida muzokaralar boşlaş, şuningdek 1950-1953 yillardagi uruş natijasida ajralgan oilalar uçraşuvlarini qayta tiklaşni taklif qilgandi. Pxenyan bu murojaatlarni butkul rad etgan.