Tiğ ostiga yotiş yoki biror bir dori vositasini qabul qilişdan avval uning zarur ekaniga işonç hosil qiling. "Ortodoks" tibbiy portali tibbiyotdagi xavfli jarayonlarga oid ma'lumotlar bilan bölişdi.

Kompyuter tomografiyasi

Şifokor sizga kompyuter tomografiyasi (KT) kerakligini aytsa, bunga rozi bölişga şoşilmang. Tadqiqotlarning körsatişiça, sönggi vaqtlarda tez-tez tavsiya qilinayotgan kompyuter tomografiyasi ayrim turdagi saraton kasalliklarining rivojlanişiga olib kelişi mumkin.

Uşbu tibbiy jarayonda inson oddiy rentgenografiyadagi nurlaniş dozasidan 200 barobar köp nurlanar ekan. Aksariyat mutaxassislar kompyuter tomografiyasiga berilgan yöllanmalarning 10-30 foizi notöğri belgilangan, deb hisoblaşadi.

KT - nisbatan tezkor va arzon usul bölsa-da, magnit-rezonans tomografiyasi unga qaraganda xavfsizroq. Taşxis qöyiş usulini tanlaş uning samaradorligiga boğliq. Şifokor imkon qadar köproq ma'lumotga ega bölişi kerak. Biroq buning uçun bemorlarni bölar-bölmasga nurlantiriş şart emas.

Yelka sohasidagi operatsiyalar va steroidlarning epidural inʼeksiyalari

Ularni ba'zan umurtqa poğonasi atrofidagi oğriqlarda belgilaşadi. Biroq ukoldan keyin yuzaga keladigan salbiy asoratlar, masalan, falaj yoki nevrologik muammolar bu jarayon haqida oldindan ma'lumotga ega bölişni talab qiladi.

Bundan taşqari, mutaxassislar epidural inʼeksiyalar böyin va yelka sohasidagi surunkali kasalliklarda yaxşi samara bermasligidan ogohlantirişmoqda. Oğriqlar asab tolalarining yalliğlanişi - işias natijasida yuzaga kelgandagina inʼeksiya yalliğlaniş va oğriqlarni kamaytirişi mumkin, şunda ham vaqtinçalik. Qator holatlarda fizioterapiya ança köproq samara berişi mumkin.

Malakali şifokorlar bunday kasalliklarni jarrohlik yöli bilan davolaşga şoşilişmaydi. Operatsiya zarur bölganda ham, şifokorlar köpinça oddiy amaliyotlar örniga özini oqlamaydigan murakkab jarayonlarni ötkazişadi. Şunday ekan, operatsiyaga rozi bölişdan avval bir neça tajribali mutaxassis fikrini biling.

Antibiotiklar

Şamollaşda birinçi navbatda antibotik qabul qila boşlaymiz va bu jiddiy xato. Antibiotiklar tavsiya etiladigan bemorlarning aksariyatiga ularning mutlaqo keragi yöq.