Özbekiston Taşqi savdo vazirligi huzuridagi “Öztreyd” AJ Dehlida (Hindiston) savdo uyini oçdi.

Özbekiston Taşqi savdo vazirligi matbuot xizmati ma'lumotlariga köra, “Öztreyd” AJ Dehlida savdo uyini oçgan va röyxatdan ötkazgan.

Savdo uyi Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasining rasmiy taşrifi doirasida oçildi.

Savdo uyida doirasida şou-rum körinişidagi doimiy ravişda işlovçi körgazma-savdo taşkil etilmoqda. Unda özbek işlab çiqaruvçilarining iste'mol va oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etiladi.

“Öztreyd” AJ vakillari uşbu taşrif doirasida Özbekistondan dukkakli ekinlar, qizilmiya ildizi, tekstil va boşqa mahsulotlarni yetkazib beriş böyiça 30 million dollar qiymatga ega şartnomalarni imzolaşdi.

Yetkazib beriş işlari 2017 yilning sentabr oyidan boşlanişi kutilmoqda.