Wal-Mart savdo tarmoğida dirijabllar yordamida yuklarni saqlaş va taşiş konsepsiyasi işlab çiqildi, keyin esa darhol uni patentlaşga qaror qilindi. Patent arizasiga qöşib berilgan qaydnomaga köra, gaz bilan töldirilgan dirijabl avtopilot yoki yerdan boşqariluvçi operator yordamida 300 metrgaça balandlikda uçadi. Hi-News şu haqidagi ma'lumoti bilan bölişdi.
Dirijablning yukxonasi nafaqat jönatmalarni taşiş, balki kiçik buyurtmalarni yetkazib berişda qöllanuvçi dronlarni saqlaş uçun ham xizmat qilişi mumkin. Bundan taşqari, öşa yerda, dirijabl bortining özida kerakli personal böladi, yuk taşuvçilar va ta'mirlaş xizmati muhandislari şular jumlasidandir.

Kurerlik dirijabli ğoyasi şunisi bilan diqqatga sazovorki, katta havo kemasi biryöla bir neça tumanga xizmat körsatişi va şu tariqa mijozlarga tovar yetkazib berişga ketadigan mablağlarni qisqartirişga yordam berişi mumkin, zero kompaniya bunga juda köp resurs va pul sarflaydi. Uçar ombor logistikani yengillaştirib, jönatmalarni bir punktdan boşqasiga taşiş zaruratidan xalos qiladi.
Wal-Mart ilğor texnologiyalarni yaxşi köradi, şuning uçun vaqt bilan hamnafas yurişga harakat qiladi. Kompaniya xodimlari allaqaçon virtual reallikka öqişni boşlab yuborişgan, tarmoqning ba'zi supermarketlarida esa avtomatlaştirilgan aravaçalar paydo bölmoqda.












