6/30 qoidasi köp kuç talab qilmaydi, ammo sezilarli natija beradi. "Layfxaker" şu haqidagi maqolasi bilan bölişdi.
6/30 qoidasi:
Uxlaşga yotişdan 6 soat avval kofein iste’mol qilmang va 30 daqiqa oldin gadjetlardan foydalanmang.
Kofein
Olimlar uyqu oldidan, şuningdek uxlaşga yotişdan 3 va 6 soat avval kofein iste’moli inson organizmiga qanday ta’sir körsatişini örganib çiqişdi. Tadqiqotlarga köra, minimal vaqt — olti soat. Biroq şuni ta’kidlaş joizki, tetiklikning sönggi olti soatida kofein iste’mol qilmaganlarda ham uyquning buziliş holatlari kuzatilgan.
Kofein qahvada katta miqdorda böladi, albatta. Aynan qahva tetiklaştiruvçi içimlik nomini olgan. Şuning uçun uni ertalabdan yoki kunduzi içgan maqsadga muvofiq.
Darvoqe, çoyda ham kiçik kofein dozasi mavjud. Şu bois uyqu oldidan kök va qora çoy içiş tavsiya etilmaydi. Giyohli damlamalar esa rejimingizni buzmaydi.
Gadjetlar
Smartfon, noutbuk yoki boşqa gadjet ekranidan taralayotgan havorang çiroq organizmda uyqu gormoni - melatoninning işlab çiqarilişini töxtatadi. Yoruğlik organizmga uxlaşga hali erta ekani töğrisida signal yöllaydi.
Boz ustiga, uxlaşga yotişdan avval dam oliş kerak. Siz ijtimoiy tarmoqlarni közdan keçirib, xatlarga javob berib yoki televizor körib, miyangizni ortiqça yuk bilan yuklaysiz. Qandaydir xabar xalaqit bermasligi uçun esa, telefonni parvoz rejimiga ötkazib qöying.
Eng yaxşisi, texnologiyalardan uxlaşga yotişdan bir soat avval "uziliş" kerak. Heç bölmaganda uyqudan yarim soat avval gadjetlarni öçirib qöysangiz ham, organizm uyquga "sozlanadi".











