Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Barselona»dan qasos olishda davom etishdi. Seri transferi barbod bo‘lishida kim aybdorligi ma'lum
«Nitstsa» futbolchisi Jan-Mishel Serining manfaatlarini himoya qiluvchi agent Franklin Mala «PSJ» vakillari o‘z mijozining «Barselona»ga o‘tishi bo‘yicha muzokaralarga aralashgan, ularning maqsadi futbolchining transferiga to‘siq bo‘lish edi.
«Kelishuvga erishishga yaqin edik, «Barselona» va «Nitstsa» muzokaralar o‘tkazayotgandi. Seshanba kuni katalonlar jamoasi vakillari Fransiyaga kelishdi, ular transferning texnik jihatlarini muhokama qilish uchun kelishgandi. Ammo 3 kun oldin «PSJ» aloqaga chiqib, «Nitstsa»dan Serini so‘rashdi, bundan maqsad, ular futbolchi «Barselona»ga o‘tishiga to‘siq qo‘ymoqchi bo‘ldi», — degan agent RAC 1 efirida.
23 avgust kuni «Barselona» Serini transfer qilmasligi ma'lum bo‘ldi, ular bu qarorni ushbu futbolchi tarkibni kuchaytirishiga ishonch bildirilmagani bilan izohlashdi.
Eslatib o‘tamiz, Kataloniya jamoasi yozgi transferlar boshida Parijdan Marko Verrattini sotib olish uchun harakat olib borishdi. Jamoa futbolchining o‘zini Ispaniyaga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirishdi, futbolchi boykot e'lon qildi, ammo klub rahbariyati uni olib qolishga muvaffaq bo‘lishdi. Parij jamoasi shundan so‘ng «qarshi» hujumga o‘tdi va Neymarni «Barselona»dan sotib oldi. Buni OAVda o‘ziga xos «qasos» deya baholashdi.
Mavzuga oid
15:43 / 31.05.2026
Parijda «PSJ» fanatlari tartibsizlik keltirib chiqardi – fotolar
00:04 / 31.05.2026
«PSJ» ketma-ket ikki marta YeChL g‘olibi bo‘ldi
20:37 / 16.05.2026
Levandovski «Barselona»ni tark etishini e’lon qildi
02:34 / 11.05.2026