2017 yilning 22 avgust kuni Özbekiston Respublikasi delegatsiyasining Dehli şahriga taşrifi çoğida ikki davlat işbilarmon doiralari vakillari iştirokida Özbekiston-Hindiston biznes-forumi bölib ötdi.
Forumda Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov, Taşqi savdo vaziri Elyor Ğaniyev, Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi raisining birinçi örinbosari Laziz Qudratov, Hindiston savdo va sanoat davlat vaziri Nirmala Sitharaman, «Hindiston-MDH» Savdo-sanoat palatasi faxriy prezidenti Rajan Madhu, Özbekiston va Hindistonning yetakçi kompaniyalari rahbarlari nutq sözlaşdi.
Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Kamilov forumning oçilişida sözlagan nutqida Özbekiston uçun Hindiston bilan savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikni kengaytiriş, işbilarmon doiralarimiz örtasida yanada yaqin munosabatlarni örnatiş, respublikadagi işlab çiqariş loyihalarida iştirok etişga yangi hind kompaniyalarini jalb qiliş muhim ahamiyat kasb etişini ta'kidladi.
A.Komilov Hindiston biznesi vakillariga Özbekiston iqtisodiyotining rivojlaniş sur'atlari haqida qisqaça ma'lumot berdi.
Vazir forum iştirokçilari diqqatini bugun Özbekistonda çet el investorlari uçun barça zarur şaroitlar yaratilganiga qaratdi: soliq imtiyozlari, işlab çiqariş asbob-uskunalarini bojxona tölovlarisiz olib kiriş, istiqbolli loyihalarni amalga oşirişga investitsiya kiritgandagi boşqa yengilliklar. Bir neça yildan beri Navoiyda, Angrenda, Jizzaxda erkin iqtisodiy zonalar faoliyat körsatib kelmoqda. Yaqinda Hazoraspda, Qöqonda, Urgutda va Ğijduvonda yana törtta şunday zonalar taşkil etildi. Bundan taşqari, Prezident farmoniga köra hozirda Özbekistonda farmatsevtika mahsulotlari işlab çiqişga ixtisoslaşgan yettita EIZ faoliyati yölga qöyilmoqda.
Özbekiston TIV rahbari hind investorlarini mazkur erkin iqtisodiy zonalarda işlab çiqariş loyihalarini amalga oşirişda keng iştirok etişga taklif etdi.
Özbekiston delegatsiyasining Hindistonga taşrifi doirasida hamda biznes-forum yakunlariga köra umumiy hajmi 80 mln. AQŞ dollaridan ortiq bölgan 22 ta şartnoma hamda umumiy hajmi 70 mln. AQŞ dollaridan ortiq bölgan 20 ta investitsion bitim imzolandi.












