Qatar hukumati Eronga öz elçisini qaytarayotganini e'lon qildi. U ötgan yil yanvar oyida Saudiya Arabistonining Tehron va Maşhaddagi diplomatik vakolatxonalariga hujum uyuştirilganiga norozilik sifatida çaqirib olingan edi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.
"Bugun Qatar davlati, uning elçisi öz diplomatik majburiyatlarini ado etişi uçun Tehronga qaytişi haqida e'lon qildi", — deyiladi amirlik TIV bayonotida. Hujjatda ta'kidlanişiça, Qatar hukumati Eron bilan barça sohalarda "ikki tomonlama munosabatlar mustahkamlanişiga umid bildiradi".
Qatar ötgan yil yanvar oyida Erondagi elçisini çaqirib olgandi. Bunga Saudiya Arabistonida 47 nafar şia yetakçilari, xususan, Nimra an-Nimraning qatl etilişiga norozilik sifatida podşohlikning Erondagi diplomatik vakolatxonalariga hujum uyuştirilgani sabab bölgandi. Tehron oliy jazo ijrosini keskin tanqid qilgan, namoyişçilar Tehrondagi Saudiya elçixonasi, Maşhaddagi konsullik binolariga hujum qilişgan.
Şu voqea sabab, Saudiya Arabistoni TIV rahbari Odil al-Jubayr Eron bilan diplomatik munosabatlar uzilganini e'lon qildi. Ar-Riyod qaroridan söng, Bahrayn, Sudan va Jibuti ham şunday yöl tutişgan. BAA diplomatik munosabatlar darajasini tuşirdi, Kuvayt ham elçisini çaqirib oldi.












