Noyob oq rangdagi koala ijtimoiy tarmoqlarda haqiqiy sensatsiyaga aylandi, deb yozmoqda Telegraph.
U Avstraliyaning Kvinslendidagi hayvonot boğida tuğilgan birinçi oq koalaga hamda bu mavsumda dunyoga kelgan hisob böyiça 12-koalaga aylandi.
Hayvonning oq rangi albinizm bilan boğliq emas, biroq, aftidan, onasidan meros bölib ötgan retsessiv gen tufaylidir.

Hayvonot boği ma'muriyati ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvçilariga mitti koala uçun nom öylab topişni taklif qildi. Hozir variantlar orasida Elza, Kukongola, Balakrişna, Deyneris bor.

Koala haqidagi rolikni 595 ming marotaba körişdi, u haqidagi post esa hayvonot boğining feysbukdagi sahifasida 42 ming layklarni yiğdi.

















