Polşa hukumati keyingi 15 yil davomida mamlakat byudjyetidan mudofaaga qöşimça 55 mlrd dollar ajratadi. Bu haqda Polşa mudofaa vaziri örinbosari Tomaş Şatkovskiy Reuters axborot agentligiga bergan intervyusida ma'lum qilgan.
“Hukumat qonunçilikka tuzatişlarni ma'qulladi. Ular keyingi 15 yil davomida bizga 200 mlrd zlotix (55 mlrd dollar) berişmoqda”, deb aytgan Şatkovskiy.
Ma'lumotlarga köra, ajratiladigan mablağlar armiya sonini deyarli ikki barobarga oşirişga va uni moddernizatsiyalaşga sarflanadi, çunki hozirda armiyada mavjud qurilmalarning uçdan ikki qismi Varşava kelişuvi vaqtidan (1955 yil) beri qurollanişda turibdi.
Avvalroq Polşa hukumati mudofaa xarajatlarini 2030 yilgaça yalpi içki mahsulotning 2,5 foizigaça oşiriş qarorini qabul qilgandi. Ayni vaqtda Polşa mudofaa ehtiyojlariga YaIMning 2,01 foizini sarflaydi.
Mudofaa vazirligi rejalarida 5-avloddagi qiruvçi samolyotlar xarid qiliş bor, biroq bu 2025 yildan oldin yuz bermaydi. Şuningdek, mudofaa vazirligi havo-desant qöşinlarini kuçaytirişdan voz keçiş hisobiga muhandislik va artilleriya qöşinlarini modernizatsiya qiladi.











