Prezidentning 23.08.2017 yildagi PQ-3234-son «Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatçilik kengaşi faoliyatini takomillaştirişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori e'lon qilindi, deb xabar bermoqda Norma.uz.
 
2012 yilda taşkil etigan Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatçilik kengaşining tarkibi yangilandi. Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi va viloyatlar hokimliklari huzurida Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatçilik kengaşining hududiy bölinmalarini taşkil etişga qaror qilindi. Hududiy bölinmalarning namunaviy tarkibi tasdiqlandi.
 
Kengaşlar maslahat-kengaş organlari bölib, ular deputatlar, fan va san'at arboblari, NNT vakillari va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlari vakillari, ijodiy jamoalar a'zolaridan tarkib topadi. Ular jamoatçilik asosida faoliyat körsatadi va Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatçilik kengaşiga, Vazirlar Kengaşi va viloyatlar hokimliklariga hisobot beradi.
 
Şuningdek, hujjat bilan Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatçilik kengaşi hududiy bölinmasi tomonidan harbiy xizmatga çaqiriladigan va harbiy xizmatçilarni harbiy-vatanparvarlik, axloqiy-ruhiy va ma'naviy-ma'rifiy jihatdan tayyorlaş, ularni ijtimoiy himoya qiliş hamda harbiy xizmat nufuzini oşiriş, fuqarolar, fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari   bilan hamkorligi samaradorligini oşiriş böyiça ötkaziladigan tadbirlarning namunaviy dasturi tasdiqlandi.