Joriy yilning bahorida Germaniyaning Lilium startapi vertikal parvozli uçar qurilmaning birinçi prototipini sinovdan ötkazdi. Endi esa kompaniya aviataksi biznesini yölga qöyişda yordam berişlari uçun Gett va Airbus menejyerlarini yolladi. Hi-News şu haqidagi xabari bilan bölişdi. 

Ilgari Gett servisining Yevropa bölimini boşqargan fizik Remo Gerber kompaniyada tijorat direktorining örnini egalladi. Lilium 2025 yilga borib, özining uçar taksilar servisini yaratmoqçi, şunday ekan, uning tajribasi kompaniyaga foyda berişi aniq. Gerber investorlarni izlab, moliyaviy işlar boşqaruvini öz zimmasiga oladi. 

"Bizning kompaniyamiz boşqalardan töliq hajmli işçi prototipga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Bundan taşqari, Lilium'da ajoyib mutaxassislar işlaydi. Biz birgalikda vertikal parvoz qiluvçi yölovçi aviataksilar yaratilişi ustida işlaşda davom etamiz", - deydi Gerber.

Dirk Gebser Airbus'dagi yiğiş bölimini boşqargan va Rolls-Royce'da işlab çiqariş direktori bölib işlagan. Lilium'da ham yiğiş bölimini boşqaradi, zero kompaniya şaxsiy uçar qurilmalarini işlab çiqarmoqçi.  

Kompaniya ilk uçar taksisining parvozini 2019 yilda amalga oşirişni rejalaştirmoqda.