Saudiya Arabistoni transport va logistika xizmatlari vaziri Solih al-Josir sözlariga köra, bu yilgi Haj mavsumida uçar taksi va dronlar sinovdan ötkaziladi.
«Hozir turli transport kompaniyalari örtasida kelgusi yillarda amaliy mahsulot taqdim etiş uçun raqobat kuçaydi», dedi Al-Jossir.
Bu soha asta-sekin rivojlanib borar ekan, vazir uşbu yangi texnologiyalar bilan yaqindan tanişiş va ularni amalga oşirişning eng yaxşi yöllarini topiş zarurligini ta’kidladi.
«Demak, biz bu xizmatlardan bahramand bölişimiz va Haj mavsumida ulardan foydalanib qolişimiz kerak», dedi u.
Islomning beş arkonidan biri bölgan Haj mavsumida Saudiya Arabistonidagi muqaddas Makka şahriga har yili ziyorat qilinadi. Bu odatda Zulhijja oyining 8-13-kunlari oraliğida bölib ötadi va butun dunyo musulmonlari uni nişonlaş uçun Makkaga yiğiladi. Bu yilgi Haj mavsumi 14 iyun kuni boşlanişi kutilmoqda.

















