Vazirlar Mahkamasining 14.08.2017 yildagi 625-son qarori bilan 2017 — 2019 yillarda Internet jahon axborot tarmoğida milliy kontentni rivojlantiriş böyiça kompleks dastur tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
U quyidagilarni nazarda tutadi:
• milliy kontent va veb-resurslarni rivojlantirişni rağbatlantiriş va ommalaştiriş, ularni taşkiliy, moddiy-texnik va moliyaviy qöllab-quvvatlaş tizimini yaratiş;
• Internetning milliy segmentini ğoyaviy-mazmunan töldiriş, foydalanuvçilarning, eng avvalo yoşlarning zamonaviy talablariga javob beradigan ommabop axborot resurslari, media-mahsulotlari, badiiy, multiplikatsion va hujjatli filmlarni yaratiş va rivojlantiriş, şuningdek internet-jurnalistikani rivojlantiriş;
• mahalliy ijtimoiy tarmoqlarda milliy kontentni rivojlantiriş va xorijiy axborot resurslarida uning uluşini oşiriş, Özbekiston messenjerlari va ijtimoiy tarmoqlari faoliyatini takomillaştiriş, ularning jozibadorligini oşiriş hisobiga auditoriyasini kengaytiriş;
• ta'lim kontentini yanada takomillaştiriş, «ZiyoNET» ta'lim axborot tarmoği imkoniyatlarini kengaytiriş, ta'lim muassasalari öquv dasturlari bilan integratsiyalangan zamonaviy veb-resurslarni yaratiş;
• Internetda yaratiladigan milliy axborot resurslarini yanada tarğib qiliş va ommalaştiriş;
• Internetning global va milliy segmenti rivojlaniş tendensiyalarini doimiy örganib boriş, milliy kontentni rivojlantiriş mexanizmlarini takomillaştiriş böyiça takliflarni şakllantiriş, davlat-xususiy şeriklikni joriy etiş va tegişli normativ-huquqiy bazani takomillaştiriş.
Kompleks dasturni sifatli amalga oşiriş uçun vazirliklar va idoralar, şuningdek xöjalik boşqaruvi organlari rahbarlari şaxsan mas'ul etib belgilandi.












