Rossiyaning «Krasnodar» futbol klubi Yevropa ligasi saralaşining pley-off bosqiçi javob uçraşuvida «Tsrvena Zvezda»ga imkoniyatni boy berdi. Belgraddagi «Rayko Mitiç — Tsrvena Zvezda» stadionida keçgan bahs mezbonlarning 2:1 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.

Bahsning 7-daqiqasida Nemanya Miliçning kuçli zarbasidan söng Nemanya Radoniç gol urişga muvaffaq böldi. Ikkinçi bölim boşlarida Guelor Kanga ajoyib zarba bilan töpni uzoq burçakka aniq joyladi. Uçraşuvning 82-daqiqasida esa Andreas Grankvist belgilangan penaltini aniq amalga oşirişning uddasidan çiqdi.

«Krasnodar» birinçi bellaşuvda 3:2 hisobida ğalaba qozongandi. «Tsrvena Zvezda» mehmonda köproq gol urgani sabab Yevropa ligasining guruh bosqiçiga çiqdi, rus klubi esa musobaqani tark etdi.

Yevropa Ligasi, pley-off raundi
Javob uçraşuvlari

Tsrvena Zvezda Serbiya – Krasnodar Rossiya 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 7 Radoniç, 2:0 – 46 Kanga, 2:1 – 82, Grankvist penalti.
Tsrvena Zvezda – Boryan, Frimpong, Rodiç (Gobeliç, 51), Stoykoviç, Saviç, Kanga, Donald, Srniç, Radoniç (Peşiç, 77), Boaçi, Miliç (Raçiç, 70).
Krasnodar – Sinitsyn, Grankvist, Martinoviç, Ramires, Petrov, Mamayev(Pereyra, 59), Kabore (Jigulev, 46), Klasson, Gazinskiy, Vanderson, Smolov(Ivan, 65).
Ogohlantirişlar: Radoniç (8), Kabore (11), Donald (40), Kanga (47), Ramires (52), Boryan (83), Grankvist (90), Boaçi (90), Saviç (90), Stoykoviç (90).