Amerikalik yozuvçi Stiven King AQŞ prezidenti Donald Trampni bloklab qöydi. Bu haqda yozuvçi mikroblogida xabar bergan.

«Donald Tramp meni tvitterda bloklab qöydi. Men, şu tariqa, uni «U» va «Mister Mersedes»ni körmasligi maqsadida tösib qöymoqdaman. Siz uçun heç qanday masxarabozlar yöq, Donald», - deya ma'lum qildi King.

«U» - Kingning Pennivayz ismli yovuz masxaraboz haqidagi şu nomdagi romani asosida suratga olingan film bölsa, «Mister Mersedes» - bu Kingning şu nomdagi detektivi asosidagi serialdir. U işga qaytişga majbur bölgan politsiyaçi haqida hikoya qiladi.

Avvalroq Stiven King Tramp va Kim Çen In «sayyoraning eng aqldan ozgan kişisi» nomi uçun kuraşayotgani haqida ma'lum qilgandi.