Qirğiziston prezidenti Almazbek Atamboyev Sapar Isoqovni mamlakatning yangi boş vaziri etib tayinlaş töğrisidagi farmonni imzoladi, deb xabar bermoqda «Interfaks».
Hukumatning avvalgi rahbari Söronboy Jeebekov prezidentlik saylovlarida iştirok etiş maqsadida muddatdan avval iste'foga çiqiş haqida qaror qabul qilgandi.
Isoqov Qirğiziston parlamentining navbatdan taşqari sessiyasi davomida boş vazir lavozimiga tasdiqlangan.
Avvalroq Qirğiziston parlamenti boş vazir nomzodi va yangi hukumat tarkibini tasdiqlagani xabar berilgandi.

















