15:48 / 26.08.2017
5250

Davlat don inspeksiyasida Yoshlar ittifoqining yetakchilar kengashi raisi tayinlandi 

Foto: Davlat don inspeksiyasi

2017 yil 25 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkiloti faoliyatini tashkil etish bo‘yicha yig‘ilish  bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi bilan kelishilgan holda Davlat don inspeksiyasi tizimida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar Dasturi tasdiqlandi.          

Yig‘ilish davomida Davlat don inspeksiyasida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining yetakchilar Kengashi raisi tayinlandi. Ushbu lavozimga Toshkent viloyati va Toshkent shahri yetakchi inspektori Dilmurod Ubaydullayev nomzodi yoshlar tomonidan loyiq, deb  topildi. 

Top