Xalq ta'limi vaziri Uluğbek Inoyatovning KUN.UZ sayti muxbiri bilan suhbati e'lon qilinganidan söng ba'zi internet naşrlari va ijtimoiy tarmoqlarda uşbu masalaga noxolis yondaşiş, intervyuning ayrim qismlarini konteksdan ajratib notöğri talqin qiliş holatlari uçramoqda, deb xabar berdi Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati.
Qayd etilişiça, Xalq ta'limi vazirligi majburiy mehnatning har qanday körinişiga mutlaqo qarşi hamda tizimda faoliyat körsatayotgan pedagoglarning öz kasbiga aloqasi bölmagan turli işlarga jalb qilinişiga yöl qöymaydi. Sohada xizmat qilayotgan 400 ming nafardan ortiq fidoyi ustoz va murabbiylarning mehnatini qadrlaş, ularni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, jamiyatda ustoz obrösini oşiriş yölidagi işlarini davom ettiradi.
Ta'kidlanişiça, vazirlik qonunçilikda belgilangan mehnat munosabatlariga oid huquqiy normalarga sözsiz amal qiladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq KUN.UZ tahririyati Özbekiston Xalq ta'lim vaziri Uluğbek Inoyatov bilan oçiq muloqot ötkazgandi. Suhbatning töliq şaklini quyidagi havola böyiça tomoşa qiliş mumkin.

















