Axborot texnologiyalarini işlab çiqiş va joriy qilişni qöllab-quvvatlaş böyiça «Mirzo Ulugbek Innovation Center» Innovatsiya markazi 2017 yilning 25 avgustidan boşlab buyurtmalar qabul qila boşladi hamda özining – www.muic.uz rasmiy saytini işga tuşirdi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi axborot xizmati xabar bergan.
Axborot texnologiyalarini işlab çiqiş va joriy qilişni qöllab-quvvatlaş böyiça «Mirzo Ulugbek Innovation Center» Innovatsiya markazi töğrisidagi Nizomga asosan buyurtmalar onlayn rejimida uning rasmiy sayti orqali qabul qilinadi. Şuningdek, buyurtmalar şaxsan yoki poçta aloqasi orqali ham qabul qilinadi.
Özbekistonning qaysi hududida röyxatdan ötganligidan qat'i nazar, barça yuridik şaxslar Innovatsiya markazining rezidenti maqomini olişga nomzod bölişlari mumkin.
«Mirzo Ulugbek Innovation Center»ga qiziqiş bildirgan yuridik şaxslar barça talablarni, rezidentlarning huquq va majburiyatlari töğrisidagi batafsil ma'lumotlarni markazning rasmiy saytidan olişlari mumkin.
«Mirzo Ulugbek Innovation Center» Direktsiyasi röyxatdan ötgan rezidentlar hamda Innovatsiya markazining tadbirlari töğrisidagi ma'lumotlarni öz sayti orqali doimiy tarzda yoritib boradi.
Ma'lumot uçun, «Mirzo Ulugbek Innovation Center» Innovatsiya markazi Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 iyundagi «Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantiriş uçun şart-şaroitlarni tubdan yaxşilaş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoniga asosan taşkil etilgan.
Innovatsiya markazining asosiy maqsadi – AKT sohasida işlab çiqariş, ta'lim va ilm-fan integratsiyasini çuqurlaştiriş, şuningdek, iqtisodiyotning yuqori texnologik sohalari rivoji uçun qulay şaroitlarni yaratişdir.












