Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Özbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga özgartirişlar kiritiş töğrisidagi qarori qabul qilindi. Qaror matni ÖzA saytida keltirilgan.

Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasi birinçi qismining 3-bandiga va “Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni 9-moddasining 3-bandiga muvofiq Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qabul qildi.

Unga köra Abdil Kasimoviç Töxtaşev (muddatsiz davrga), Akmal Anvaroviç Murodov (10 yil muddatga), Botir Musinoviç Möminov (muddatsiz davrga), Jamol Kamoloviç Qaxxorov (10 yil muddatga)Zaripaxon Muminjonovna Kurbonova (10 yil muddatga), Zafar Safarboyeviç Nazarov (10 yil muddatga), Kamal Maksetbayeviç Tarixov (10 yil muddatga), Maqsudbek Norboyeviç Saidov (10 yil muddatga) Muhabbat Mirjalilovna Rabiyeva (10 yil muddatga) Muxamatali Azimoviç Nazarov (muddatsiz davrga) Olim Dusmuhammatoviç Xolmirzayev (10 yil muddatga), Omonjon Jumayeviç Arabov (10 yil muddatga) Özbekiston Respublikasi Oliy cudining sudyasi lavozimiga saylandi.

Azizaxon Numanovna Najmutdinova va Qahramon Uljayev Özbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimidan ozod etilgan.