«Borma kuyasaaaan... ana kuyding!». Bu jumlalar ijroçisi, xalqimiz suygan söz ustasi Hojiboy Tojiboyev tirik bölganida, bugun 62 yoşni qarşilardi.
Ikki tilda gaplaşib bir xalq hisoblanib kelgan Özbekiston va Tojikistonda xizmat körsatgan artist Hojiboy Tojiboyev 1955 yil 25 avgust kuni Leninobod, hozirgi Söğd viloyatining markazi hisoblangan Xöjand şahrida tavallud topgan. Asl ismi Hojimurod bölgan bölajak san'atkorning bolaligi Jabbor-Rasulov nohiyasidagi köçalarda ötgan, biroz vaqt ötgaç u Toşkentga keldi.
1978 yil Toşkent Teatr va rassomçilik institutini tamomlab, Tojikistonga qaytişga qaror qiladi. Dastavval, Şukur Burxonov nomidagi Nov teatrida, keyinçalik Kamol Xöjandiy nomli teatr dargohida faoliyat yuritgan. SSSR parçalanib ketgaç, Hojiboy Tojiboyev keyingi ijodini davom ettiriş uçun Toşkentga köçib kelgan. Yusufjon qiziq Şakarjonov, Usmon qori Raimbekov, Orifjon Toşmatov, Zokirjon Ovulov, Ibrohim qiziq Teşaboyev kabi Hojiboyning sözlari ham xalq orasida iliq kutib olindi, uning respublika böylab gastrollari barçaning oğzida edi.

Ötgan asrning 90-yillari sönggidan Toşkent şahridagi «Xalqlar döstligi» san'at saroyida (hozirgi «Istiqlol») qöyilgan Hojiboy Tojiboyevning har bir yakkaxon konsert dasturi intizorlik bilan kutilardi. Ötgan yillar davomida uning hazillari el orasida tez-tez «Hojiboy aytardiku» qabilida takrorlanib turadi. Uning aççiq haqiqatlarni ham kulgi bilan maromida hazilga yöyib ijro etiş san'atiga barça tan bergan. Şuning uçun bölsa kerak, köp davralarda bir masaladan gap oçilsa, «özi Hojiboy aytgan» jumlasidan boşlanişi bejiz emas.
2008 yil maşhur qiziqçining soğliği bezovta qilib, bir neça bor şifokorlarga murojaat qilişga majbur böldi.
«Dadajonim öz kasbini juda sevgan inson edi. Hatto soğliği yomonlaşsa ham, umrining sönggigaça konsert berişni, yangilik yaratişni, ijod qilişni öyladi. Hayotini san'atsiz heç ham tasavvur qila olmagan», deydi san'atkorning qizi Intizor Tojiboyeva.

Toşkentdagi şifoxonalardan birida davolanib yurgan davrida el suygan Hojiboy Tojiboyevning vafot etgani barçani esankiratib qöydi. U ona yurti Xöjand şahrida dafn etilib, Özbekistonda ham katta hurmatga sazovor böldi. «Buyuk» nomiga loyiq Hojiboy Tojiboyevning oilasidan faqat uning qizi Intizora Tojiboyeva san'at yölini tanladi. Ayni paytda Intizora Toşkent davlat San'at va madaniyat institutida Dramatik teatr va kino yönalişi böyiça tahsil olmoqda. U bir neça klip, reklama va kino lavhalarida rollarni ijro etmoqda.











