Shavkat Mirziyoyev Xo‘jandda Sadir Japarov bilan uchrashuv o‘tkazdi
Uchrashuvda O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston davlat chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risidagi shartnoma imzolangani yuksak baholandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Xo‘jand shahrida o‘tayotgan uch tomonlama sammit doirasida Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbat avvalida yetakchilar bahor ayyomi Navro‘z va muborak Ramazon hayiti munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, birodar xalqlarimizga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladi.
Bugun bo‘lib o‘tgan uch tomonlama muzokaralar yakunlari, ularning asosiy natijasi sifatida O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston davlat chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risidagi shartnoma imzolangani yuksak baholandi.
Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishdagi yutuqlar mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash hajmi yil boshidan buyon 70 foizga oshdi. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida, shu jumladan qo‘shma Investitsiya jamg‘armasi ko‘magida sanoat kooperatsiyasi muvaffaqiyatli rivojlanmoqda.
Energetika va transport kommunikatsiyalari sohasidagi yirik mintaqaviy loyihalarni, shu jumladan, «Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston» temir yo‘li qurilishini jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.
Davlat rahbarlari hududlar o‘rtasidagi faol aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish muhimligini qayd etdi.
Prezidentlar bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi va kun tartibi yuzasidan ham fikr almashdi.
Avvalroq Tojikistonning Xo‘jand shahrida O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston do‘stligi timsoli bo‘lmish «Do‘stlik» stelasi tantanali ravishda ochilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?
Sport | 12:20
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Sinovlar sabab hayot qadriga yetdim” – jigar sirrozidan tuzalgan so‘xlik hikoyasi
Jamiyat | 18:03
-
«Afrosiyob» poyezdlari harakati jadvaliga o‘zgarishlar kiritildi
Jamiyat | 17:53
-
Astronomlar Yerdan 120 yorug‘lik yili uzoqlikdagi sayyorada hayot belgisini topdi
Jahon | 17:51
-
Bashar Asad Suriyadan qochish vaqtida o‘zi bilan maxfiy ma’lumotlarni olib ketgan - Reuters
Jahon | 17:47
Mavzuga oid

16:11
Bugun Farg‘ona vodiysi «porox bochkasi» emas – Prezident matbuot kotibi

20:59 / 16.04.2025
Har yili dekabrda «Prezident Olimpiadasi» o‘tkaziladi

20:21 / 16.04.2025
Shavkat Mirziyoyev Andijonda «Imkoniyatlar olami» markazi bilan tanishdi

16:53 / 16.04.2025