O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan tadbirkor va fermerlarni mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Mamlakatimizda ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashning muhim sharti va garovi bo‘lgan o‘rta sinf – mulkdorlar sinfini shakllantirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, o‘zining samarali mehnati, bilim va tajribasi bilan respublikamizning iqtisodiy qudratini, uning eksport salohiyatini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, shahar va qishloqlarimizni obod qilish ishlariga katta hissa qo‘shib kelayotgan yurtimiz tadbirkor va fermerlarining quyidagi
munosib vakillari davlatimizning orden va medallari bilan mukofotlansin:
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan
Abdualibekov Xatambek Maxkambekovich - Zangiota tumanidagi «Master delikatesov» mas'uliyati cheklangan jamiyati direktorining ishlab chiqarish bo‘yicha o‘rinbosari, Toshkent viloyati
Valiyev Murodxon Muxammodovich - Termiz tumanidagi «Gold drayd fruts eksport» mas'uliyati cheklangan jamiyati direktori, Surxondaryo viloyati
Jamolov Shavqitdin Shamsiyevich - Navoiy shahridagi «Shams-Navoiy» xususiy firmasi bosh direktori, Navoiy viloyati
Ismoilov Avaz Xamitovich - Sergeli tumanidagi «Grin Vorld» qo‘shma korxonasi bosh direktori, Toshkent shahri
Xamrayev Ibraxim Shaykulovich - Olot tumanidagi «Merganteks» mas'uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori, Buxoro viloyati
«Do‘stlik» ordeni bilan
Abdullayev Baxodir Ravshanovich - «Artel Injiniring» mas'uliyati cheklangan jamiyati direktori o‘rinbosari, Toshkent shahri
Baykarayev Alisher Ruziyevich - Kitob tumanidagi «Sevaz-Androniks» mas'uliyati cheklangan jamiyati direktori, Qashqadaryo viloyati
Dobrix Anna Konstantinovna - Namangan shahridagi «Iftixor kiyim sanoat» mas'uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Namangan viloyati
Ismoilov Faxriddin Tursunovich - Oltinko‘l tumanidagi «Baxt imkon rivoj chorvasi» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Andijon viloyati
Sayfitdinova Masturaxon - Quva tumanidagi «Quva anori» mas'uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Farg‘ona viloyati















