AQŞ prezidenti matbuot kotibi Sara Sandersning “RIA Novosti”ga kelib tuşgan bayonotida AQŞ prezidenti Donald Tramp Venesuelaga qarşi yangi sanksiyalar kiritilişini tasdiqlagani aytilgan.
Navbatdagi sanksiyalar Venesuela davlat korxonalari bilan boğliq bölgan agentlar bilan bitim tuzişni taqiqlaşni közda tutadi. Bundan taşqari, AQŞ kompaniyalari Karakas tomondan çiqariladigan qimmatbaho qoğozlarga boşqa mablağ tika olmaydi.
AQŞ moliya idoralari va kompaniyalariga yangi sanksiyalarni amalga oşirilişi uçun 30 kun ajratilgan. Oq uyda moliyaviy taqiqlovlar mamlakat prezidenti Nikolas Maduroga qaratilgani yana bir ta'kidlab ötildi.












