Yeso Paper Industry MÇJ 2017-2019 yillarda “Tsellyuloza-qoğoz mahsulotini işlab çiqariş böyiça “Tsellyuloza-qoğoz kombinatini taşkil etiş” investitsiya loyihasini amalga oşiradi.

Loyiha quvvati yiliga 16,5 ming tonna mahsulotni taşkil etadi. Loyihaning taxminiy qiymati 10,3 mln dollarga teng.

Loyiha uning taşabbuskorining 3,1 mln dollar miqdoridagi öz mablağlari va Özbekiston Taşqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining 7,2 mln dollar miqdoridagi krediti hisobidan moliyalaştiriladi.

Korxona köp yillik (terak va boşqalar) va bir yillik (ğöza, topinambur, şoli poyasi va buğdoy poxoli) mahalliy ösimlik xomaşyosini qayta işlaydi hamda yuqori qöşimça qiymatga ega talabgor mahsulotni işlab çiqaradi.

Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 25 avgust kuni “Respublikada sellyuloza va qoğoz mahsulotlarini işlab çiqariş böyiça qöşimça quvvatlar taşkil etiş töğrisida”gi qarorni imzoladi.

Özbekiston rahbari bir oylik muddatda loyiha taşabbuskoriga Toşkent viloyatida sellyuloza-qoğoz kombinatini quriş uçun maydoni 20 ga bölgan yer uçastkasini ajratiş vazifasini topşirdi. Şuningdek, loyiha taşabbuskori yoğoç plantatsiyalarini (terak va boşqalar) taşkil etiş uçun qöşimça 900 ga.lik yer uçastkasini ham oladi.

Prezident Yeso Paper Industry MÇJga uşbu loyihani amalga oşiriş doirasida soliq va bojxona imtiyozlarini taqdim etdi.