Mustaqillik bayrami arafasida Andijon şahrining Boburşoh va Ergaş Aşurov köçalarini boğlovçi “Mangulik” köçasi oçildi.
Keng va ravon köçaning oçiliş marosimi ommaviy saylga aylanib ketdi. “Mangulik” köçasining kengligi 32, uzunligi 700 metrdan ziyod bölib, yöl çetlariga maysalar va gullar ötqazilgan. Oqşomda aholi va haydovçilarga qulaylik tuğdirişi uçun tejamkor va uzoqni yorituvçi çiroqlar örnatilgan. Köçaning “Mangulik” deb nomlanişi boisi, unda tarixiy şaxslarning monumentlari örnatiladi.

Oçiliş marosimida viloyat hokimi Şuhratbek Abdurahmonov iştirok etib, yiğilganlarni Mustaqillik şodiyonasi bilan qutlab, yurtimizda amalga oşirilayotgan bunyodkorlik işlarining kölami yanada kengayişi va bu xalqimizning nurli kelajagini ta'minlaşini aytib ötdi. Bayram arafasi viloyatda 126 ta katta-kiçik obektlar foydalanişga topşiriladi.


























