Madridning «Atletiko» klubi Ispaniya çempionatining ikkinçi turida «Las-Palmas»ni qaqşatqiç mağlubiyatga uçratdi. Poytaxtliklar klubi uşbu safar uçraşuvida raqibga heç qanday imkoniyat qoldirmadi va 5:1 hisobidagi ğalabaga erişdi.

«Atletiko» öyinning dastlabki 5 daqiqasi içida ikki marta darvozani işğol qilişga ulgurdi — Anxel Korrea va Yannik Ferreyra-Karrasko gollarga mualliflik qilişdi. Öyinning 58-daqiqasida «Las-Palmas» futbolçisi Xonatan Kaleri javob golini urdi, ammo köp ötmay yana ikki gol ötkazildi — Koke dubl qayd etdi. 88-daqiqada esa Tomas Teyye öyinning yakuniy natijasini örnatdi — 5:1. Ferreyra-Karrasko uşbu öyinda gol urişdan taşqari ikki golga uzatma berdi. 

Şu tariqa, «Atletiko» mavsumdagi ilk ğalabasiga erişdi, «Las-Palmas» ikkinçi mağlubiyatni qabul qildi.

Eslatib ötamiz, birinçi turni öz maydonida mavsum debyutanti bölmiş «Jirona»ga qarşi öynagan, bu öyinda oxirgi daqiqalarda iroda körsatilib, durangga erişilgandi. Öşa öyinda jamoa yetakçisi Antuan Grizmann qizil kartoçka olib maydonni tark etgan, unga hakamga muomalasi uçun diskvalifikatsiya belgilangandi.

Ispaniya çempionati, 2-tur
Las-Palmas – Atletiko 1:5 (0:2, 1:3)
Gollar: 0:1 – 3 Korrea, 0:2 – 5 Ferreyra Karrasko, 1:2 – 58 Kaleri, 1:3 – 62 Koke, 1:4 – 75 Koke, 1:5 – 88 Parti.
Las-Palmas – Çiçisola, Simon, Lemos, Bigas, Kastelyano, Fabio Gonsales (Arauxo, 65), Santana (Benito Ramires, 76), Dominges, Viyera, Momo (Kastelyano, 76), Kaleri.
Atletiko – Oblak, Vrsalko (Saviç, 70), Ximenes, Godin, Lyuka Ernandes, Koke, Parti, Saul, Ferreyra Karrasko, Korrea (Torres, 65), Vetto (Gabi, 55).
Ogohlantirişlar: Santana (14), Bigas (24), Vetto (39), Fabio Gonsales (39), Viyera (62).