BAAning Sheikh Mohamed bin Zayed Road yöli böylab şimol tomon harakatlanuvçi barça haydovçilarni katta uç smayl yoki, zamonaviy tilda aytganda "emodzi"lar qarşi olmoqda. Bu haqida Khaleej Times'da xabar berildi. 

Yöllarda harakat xavfsizligini ta'minlaş uçun uç xil  - arab, ingliz va urdu tillaridagi yozuvlar aks etgan bölib, ular haydovçilarni ehtiyotkorlikka çorlaydi. 

Foto: khaleejtimes.com

Infratuzilma va taraqqiyot vazirligi şu original loyiha yordamida haydovçilarning yöl harakati xavfsizligidan boxabarlik darajasini oşirmoqçi. Tez orada mamlakatning boşqa federal yöllarida ham yanada köp "emodzi"lar paydo böladi. 

Taşabbus yöl harakati iştirokçilari orasida qoniqiş hissini oşirişga yönaltirilgan va vazirlikka xabar qoldirişni istagan taqdirlarida 80088889 telefon raqamlariga qönğiroq qilişga undaydi.

Vazirlikning Yöllar böyiça departamenti direktori Ahmad Al-Hammodiyning aytişiça, taşabbusdan maqsad - BAA aholisini yanada baxtli qiliş va ularni munosib turmuş şaroitlari bilan ta'minlaş. 

Foto: khaleejtimes.com