«Korzinka.uz» supermarketlar tarmoği asosçisi Zafar Hoşimov öz blogida keyingi haftalarda jamoatçilik muhokamasida bölgan yana bir dolzarb mavzu - töylar mavzusi böyiça munosabatini bildirdi.
Angliyada birga öqigan ikki döstimning ikkita turliça ötgan töylarini eslayman. Ikkovi ham Angliya fuqarolari edilar.
Bulardan biri badavlat zodagon oilasi farzandi, boşqasining kelib çiqişi esa maktab öqituvçilari sulolasidan edi.
Birinçisining töyi London tevaragidagi töy egalarining oilaviy qasrlarida ötkazilib, uç kun davom etdi. Asosiy marosimda 400 nafarga yaqin mehmon qatnaşdi. Magistraturada birga öqigan yaqin döstlar qatorida men ham şu töyda böldim. Uç kun marosim-u ziyofatlar, asosiy keçaga esa hatto qiroliça oilasi a'zolaridan Kent şahzodasi taşrif buyurdi.
Şu joyda, aytib ötiş kerakki, hatto şu kabi zodagonlar ziyofatlarida ham bizning töylardagidek, stollari yeyiladigan-yeyilmaydigan ovqatlar bilan töldirib taşlanmaydi. Balki har bir mehmonga did bilan me'yorida alohida salat, ikki xil taom va desert vaqti-vaqti bilan tortiladi. Boşqa payt stollar markazida faqat çiroyli gulçambarlar bilan bezalgan holda, içimliklar uçun fujyerlarni inobatga olmasak, böşligiça turadi. Umuman, stollarni bizning töylardagidek yasatişlarini men boşqa heç qayerda körmadim. Xuddiki, mehmonlar bir oy ovqatlanmasdan töyga keladi, degan taxmin bilan stol yasatamiz.
Xullas, haligi töy ertaklardagidek qadimiy qasrda dabdabali ötdi, lekin bizning töylardagi kabi yurakni ezadigan isrofgarçilikka guvoh bölmadim.
Oradan bir yil ötar-ötmas, şu inoq döstlarimdan ikkinçisi ham öz töyini nişonladi. U töy Londonning şimolidagi ixçamgina kafeda, köpi bilan 40-50 mehmon iştirokida çiroyli tarzda ötkazildi. Yaqinda dabdabali töy ötkazgan "aristokrat" döstimiz ham öz qalliği bilan şu töyda qatnaşişdi. Bu töylarning ikkinçisi ham rosa xuşçaqçaq ötdi. Hammamiz döstimiz baxt keçasi bahonasida diydor körişib, otamlaşib, öynab-kulib, mazza qilib ötirdik. Aytmoqçi, u ikkala töyda ham, bizning töylardan farqli, odamlar gaplaşa oladi va bemalol biri-birini eşitişadi ham. :-)
Bu ikki töyning qaysi biri yaxşiroq ötdi, deb taqqoslaş heç kimning xayoliga ham kelmadi. Hozir menga şu savolni bersangiz, men hatto javob ham bera olmayman, faqat bir narsani eslayman: birinçi töyda örnatilgan dress-kod (e'lon qilingan kiyiniş asnosi) böyiça toksido (smoking) kiyib, böynimga baboçka taqib yurişimga töğri keldi. Men esa böynimga har xil galstuk-baboçkalar taqişni ölgudek yomon köraman, ular meni böğgudek böladi.











