Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga taşrifini Hazrati Xizr majmuasidagi mamlakatimizning Birinçi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qilişdan boşladi. Bu haqda prezidentning feysbukdagi sahifasida ma'lumot berildi.
Şavkat Mirziyoyev Islom Karimov qabriga gul qöyib, hurmat bajo keltirgan, qur'on tilovat qilinib ötganlar xotirasi yod etilgan.

Davlat rahbari şuningdek, Özbekistonning Birinçi Prezidenti Islom Karimov maqbarasida olib borilayotgan quriliş va obodonlaştiriş işlari bilan tanişgan.
Prezident körsatmalari asosida majmua loyihasi takomillaştirilib, maqbara granit va marmar bilan qoplangan. Maqbara peştoqi va unga tutaş ayvon milliy naqşlar asosida bezatilib, unga Qur'oni Karim oyatlari bilan birga Islom Karimovning hikmatli sözlari bitilgan. Prezident majmuada olib borilayotgan işlarni mantiqiy yakuniga yetkaziş, ziyoratçilarga tegişli şaroitlar yaratiş, unga yondoş qabristonni obod qiliş böyiça öz tavsiyalarini bergan.

















