Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida yangi öquv yili uçun qabul imtihonlari natijalaridagi işonarsiz raqamlarni payqab qolişdi. Taniqli huquqşunos Xuşnudbek Xudayberdiyev feysbukdagi sahifasida «Narxozdagi tasodif» nomi ostida post e'lon qilgan, unga ilova qilingan fotosuratda öqişga qabul qilinganlar röyxatidagi abituriyent töplagan ball bilan öqişga kira olmagan abituriyent töplagan ball örtasida juda katta farq borligini köriş mumkin.

Köp ötmasdan şu universitetning qabul imtihonlari natijalariga oid boşqa suratlar ham berildi. Xususan, Menejment yönalişining rus guruhlariga jami 15 kişi (1 ta grant, 14 ta kontrakt) olişgan va unga 48 kişi hujjat topşirgan. Şunda kontraktning eng oxirgi balli 175,6 ball bölgan, ammo çiziqdan pastdagi 1-abituriyentning balli 72,5 ball! Ya'ni, 103 ballik farq!

Statistika yönalişida ham şunday holat. Bu yönalişga 60 kişi qabul qilingan (5ta grant, 55ta kontrakt) va 200 kişi hujjat topşirgan. Kontraktga kiriş balli 177,7 ball bölgan. Kirolmagan röyxatida birinçi bölib turgan abituriyent esa atigi 87,1 ball töplagan. Oradagi farq 90 ballni taşkil qiladi!

«Bu yil 1 avgustdagi qabul jarayonlari xalq kutganidek, ya'ni adolatli, qattiqqöllik bilan, şaffof tarzda ötdi, deya ayta olamizmi?

Töğri, bir narsani oçiq tan oliş kerak, joriy yilda avvalgi yillardan köp yaxşi yangiliklar yölga qöyildi. Şaffoflikni ta'minlaş uçun zamonaviy texnologiyalar yordamidan foydalanildi. Lekin bu işni hamma OTMlar qildimi? Menimça, yöq.

Masalan, bitta misolni aytay. Toşkent davlat iqtisodiyot universitetining (öşa maşhur Narxoz) Korporativ boşqaruv yönalişida kiriş ballariga e'tibor qilsak, davlat granti uçun ötiş balli 214,2, kontraktning eng oxirgi balli esa 163,8 bölgan.

Lekin eeeeeng qiziği kira olmaganlar, ya'ni çiziqdan pastdagilarning birinçi örnida turgan abituriyent 97,3 ball töplagan. Undan keyingi abituriyentlar 87, 84, 83, 80 ball olişgan. Tasavvur qilyapsizmi?! Yöq, Siz farqni tasavvur qilyapsizmi, salkam 70 ball?!!!