<img alt="" height="512" src="http://tribuna.uz/m/articles/2017/08/26/58835b3d9caf2834f229765f1487503a62ffd1049e80e64dfc0f974626edbdbe.jpg" width="740" /> Foto: Twitter/Premierleague

«Mançester Yunayted» Angliya çempionatining uçinçi tur uçraşuvlari doirasida «Lester Siti» bilan öynadi. Mançesterdagi «Old Trafford» stadionida keçgan bahs mezbonlarning 2:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.

Ikkinçi bölim boşida mançesterliklarning yangi hujumçisi Romelu Lukaku qatorasiga uçinçi öyinda gol urişi mumkin edi, ammo u penaltini aniq amalga oşira olmadi. 70-daqiqada «MYu» baribir hisobni oçdi — Markus Raşford Genrix Mxitaryan pasini golga aylantirdi. 82-daqiqada Marvon Fellayni Jyessi Lingard pasidan keyin öyindagi yakuniy hisobni örnatdi.

Şu tariqa, Joze Mourino şogirdlari qatorasiga uçinçi öyinda darvozasi daxlsizligini saqlagan holda ğalabaga erişmoqda. Endi «MYu» 9 oçko bilan APL turnir jadvalida birinçi örinda. «Lester» 3 oçkosi bilan 16-poğonada qolgan.

Angliya çempionati, 3-tur
Mançester Yunayted – Lester 2:0
Gollar: 1:0 – 70 Reşford, 2:0 – 82 Fellayni.
Mançester Yunayted – De Xea, Bayi, Blind, Valensiya, Djons, Mata (Reşford, 67), Matiç, Pogba, Mxitaryan (Fellayni, 74), Marsiyal (Lingard, 76), Lukaku.
Lester – Şmeyxel, Morgan, Fuks, Simpson, Maguayr, Mahrez, Ndidi, Jyeyms, Olbrayton (Grey, 60), Okadzaki (King, 60), Vardi (Slimani, 76).
Ogohlantiriş: Mxitaryan (54).