12 karra jahon çempioni Floyd Meyvezer Konor Makgregor ustidan ğalabadan keyin intervyu berdi. Las-Vegasda ötkazilgan uşbu jangning 10-raundida arbitr amerikalik boksçiga texnik nokaut bilan ğalaba berdi. 

«Bu juda qiyin va munosib raqib böldi. U men öylaganimdan ham yaxşiroq jang qildi. Öylaymanki, tomoşabinlar özlari kutganidek jangga guvoh bölişdi. Jangning birinçi qismida men işonçli harakat qilmadimmi? Bu mening rejam edi, jang boşiga şunday taktika tanlagandim. Yettinçi raundda raqib çarçaganini kördim va kuçli zarbalar berişni boşladim. 

Men hammaga bu jangda muddatidan oldin ğalaba qozonişga va'da bergandim va bu va'dam ustidan çiqdim. Bu mening oxirgi jangim edi. Men oxirgi raqsim uçun munosib şerik tanladim», — degan Meyvezer jangdan keyin.