«Barselona» hujumçisi Lionel Messi Ispaniya çempionatining ikkinçi turi doirasida «Alaves»ga qarşi keçgan va 2:0 hisobidagi ğalaba bilan yakunlangan uçraşuvdagi gollarga mualliflik qildi. Şu tariqa argentinalik bu futbolçi uşbu klub uçun Primeradagi uçraşuvlarda 350 va 351-gollar böldi. Squawka ma'lumotiga köra, endi u Yevropadagi çempionatlarda bir klub safida 350tadan ortiq gol urgan ikkinçi futbolçiga aylandi.
Bungaça bunday natija faqat «Bavariya» futbolçisi Gerd Myullerga tegişli bölgandi. Uning hisobida Germaniya çempionatlarida urilgan 365 gol bor.
Ayni vaqtda 30 yoşda bölgan Messi «Barselona» uçun barça turnirlar doirasida 510ta gol urgan.


















