Seulda Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti, korrupsiyada ayblanib öz lavozimidan çetlatilgan Pak Kin Xeni qöllab-quvvatlovçi marş ötkazildi. Uşbu marşda uning minglab tarafdorlari iştirok etdilar, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.
OAV ma'lumotlariga köra, namoyişçilar özlari bilan Pak Kin Xeni ozod qiliş talab qilingan plakatlar va mamlakat bayroqlarini olib ötganlar. Ular şuningdek may oyida prezident etib saylangan Mun Çjye Inni iste'foga jönatişni talab qilişgan.
Ba'zi ma'lumotlarga köra, aksiyada 8 mingga yaqin odam iştirok etgan.
Pak Kin Xe korrupsiyada ayblanib, joriy yilning mart oyida hibsga olingandi. Tergov işlari hanuzgaça davom etmoqda. Uşbu iş böyiça hukm oktabrda çiqariladi.

















