Angliya çempionatining 3-tur uçraşuvlari doirasida «Çelsi» «Everton» bilan öynadi. Londondagi «Stemford Brij» stadionida keçgan uçraşuv mezbonlarning 2:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.

Öyinning birinçi bölimida Sesk Fabregas Alvaro Morata bilan devor uslubida öynab, yakuniy zarbani amalga oşirdi. Öyinning 40-daqiqasida Sesar Aspilikueta jarima nuqtasidan töpni «Everton» darvozasi tomon yölladi, unga birinçi bölib Morata yetib keldi va darvozani işğol qildi.

Öyinda şu hisob saqlanib qoldi va Konte şogirdlari navbatdagi ğalabaga erişdi. Endi «Çelsi» 6 oçko bilan turnir jadvalida beşinçi öringa kötarildi, «Everton» 4 oçkosi bilan 10-örinda qoldi. 

Tur doirasidagi yana bir uçraşuvda «Vest Bromviç Albion» «Stok Siti»ni qabul qilib, 1:1 hisobidagi durang qayd etdi.

Angliya çempionati
3-tur
Çelsi – Everton 2:0 (2:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 27 Fabregas, 2:0 – 40 Morata.
Çelsi – Kurtua, Aspilikueta, David Luiz, Ryudiger, Mozes (Kristensen, 89), Pedro (Bakayoko, 75), Fabregas, Villian, Kante, Alonso, Morata (Batşuayi, 78).
Everton – Pikford, Uilyams, Jagelka (Lennon, 83), Beyns, Kin, Guyye, Devis (Beşiç, 46), Sigurdsson, Holgeyt, Runi, Sandro Ramires (Kelvert-Lyuin, 62).
Ogohlantirişlar: Guyye (9), Runi (71), Mozes (76), Aspilikueta (88).

Vest Bromviç – Stok Siti 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 61 Rodriges, 1:1 – 77 Krauç.
Vest Bromviç – Foster, Xegazi, Douson, Nom, Fillips (Makkleyn, 74), Brant, Berri, Livermor, Morrison (Yakob, 70), Rodriges (Berk, 88), Rondon.
Stok Siti – Batlend, Şoukross, Kemeron (Sobxi, 69), Piters, Zuma, Allen, Fletçer, Şakiri, Martins Indi, Xese (Krauç, 62), Şupo-Moting.
Ogohlantirişlar: Piters (33), Rodriges (52), Rondon (84), Allen (88).