Germaniyaning Hamburg şahrida AIBA şafeligi ostida boks böyiça Jahon çempionatining uçinçi kuni boksçilarimiz uçun yakunlandi.
27 avgust kuni ötkazilgan janglarda 56 kg vaznda Murodjon Ahmadaliyev qozoğistonlik Qayrat Yeraliyevga yengildi va musobaqani tark etdi. 64 kg vaznda Iqboljon Xoldorov kolumbiyalik Jon Guterresni, 91 kg.gaça bölgan vaznda Sanjar Tursunov argentinalik Yara Peraltani, 49 kg.gaça bölgan vaznda Hasanboy Dösmatov kosta-rikalik Robinson Rodrigesni oçkolar böyiça, 75 kg.gaça bölgan Isroil Madrimov turkmanistonlik Aziz Oçilovni muddatidan oldin yengib, tört sportçimiz çorak finalga yöl olişdi.
Bugun, 28 avgust — musobaqaning törtinçi kunida ikkinçi saralaş bosqiçida yana 5 boksçimiz çorak finalga yöl oliş uçun ringga kötarilişadi.
Janglarning barçasini UzReport telekanali orqali jonli efirda tomoşa qilişingiz mumkin. (Uçraşuvlarning boşlanişi Toşkent vaqti bilan belgilangan jadval böyiça berilmoqda. Janglarning çöziliş yoki muddatidan oldin tugaşi e'tiboridan, boşlaniş soati daqiqalarga farq qilişi mumkin)
52 kg. Ikkinçi saralaş bosqiçi. 28 avgust. 22:00
Jasurbek Latipov (Özbekiston) - Daniel Asenov (Bolgariya)
60 kg. Ikkinçi saralaş bosqiçi. 28 avgust. 18:45
Elnur Abduraimov (Özbekiston) - Karen Tonakanyan (Armaniston)
69 kg. Ikkinçi saralaş bosqiçi. 28 avgust. 19:00
Şahram Ğiyosov (Özbekiston) - Yevgeniy Barabanov (Ukraina)
81 kg. Ikkinçi saralaş bosqiçi. 28 avgust. 23:45
Bektemir Meliqöziyev (Özbekiston) - Muslim Gajimagomedov (Rossiya)
91+ kg. Ikkinçi saralaş bosqiçi. 28 avgust. 20:15
Bahodir Jalolov (Özbekiston) – Kem Larssen (Daniya)
29 avgust kuni esa çorak finalçilarimiz quyidagi raqiblariga qarşi musobaqani davom ettirişadi:
49 kg. Çorak final. 29 avgust
Hasanboy Dösmatov (Özbekiston) - Amit (Hindiston)












