Yevroittifoq diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini diplomatik missiyalar rahbarlari uçun rejali uçraşuvning oçilişi vaqtida YeIning taşqi siyosatdagi ustuvor yönalişlari haqida aytib ötdi.

U Yevroittifoq taşqi siyosatining asosiy ustuvor yönalişlari sifatida mudofaa siyosati, terrorizm va ekstremizm bilan kuraşni tilga oldi, deb xabar qilmoqda TASS.

Şuningdek, röyxatga migratsiya, Bolqon yarim orolini barqarorlaştiriş, xalqaro munosabatlar tizimini mustahkamlaş ham kirdi.

«Biz uçun köp millatli va köp tomonlama tuzilmalarni qöllab-quvvatlaş ustuvor yönalişdir. Bugun ularga asoslangan tizim turli tomonlardan zarba ostida qolgan, ularni ma'lum qilmayman. Bu tizim iqlim böyiça Parij kelişuvini amalga oşiriş, şuningdek, KXDRdan tortib Ukrainaga qadar bölgan barça inqirozlarga yeçim topiş uçun juda muhimdir», - deya ma'lum qildi u.

Şu bilan birga, Rossiya bilan munosabatlar va uşbu davlatga qarşi sanksiyalar masalasi hattoki tilga ham olinmagan.

Avvalroq, Şimoliy Atlantika alyansi boş kotibi Yyens Stoltenberg Yevropa Ittifoqi NATOsiz kun köra olmasligi haqida ma'lum qilgandi.