Germaniya TIV rahbari Zigmar Gabriel AQŞga yöl olib, davlat kotibi Reks Tillerson bilan qator masalalarni muhokama qiladi. Bu haqda GFR taşqi siyosat idorasi vakili xabar bergan.
«GFR taşqi işlar vaziri Vaşingtonga bugun keçqurun yöl oladi. Davlat kotibi Tillerson janob Gabrielga şaxsiy muzokaralar ötkazişni taklif qildi», - deya vakilning sözlarini keltiradi TASS.
Uning sözlariga köra, vazirlar KXDR, Afğoniston, Qatar bilan boğliq vaziyat, Eron atom dasturi böyiça kelişuv, şuningdek, AQŞning Rossiyaga qarşi sanksiyalarini muhokama qiladilar.
Avvalroq Tillerson AQŞ qöşinlari Afğonistonda qolişi haqida ma'lum qilgandi.













