Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazmda jamoatchi yoshlar ishtirokida bemaqsad yurganlar ushlanmoqda
Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi, Xorazm viloyati prokuraturasi, Sud idoralari xodimlari, mahalliy hokimlik vakillari, mahalla posbonlari, Yoshlar ittifoqi Xorazm viloyati Kengashi, ko‘ngillilar guruhi va boshqa idora-tashkilot vakillari ishtirokida Xorazm viloyatini jinoyatchilikdan holi hududga aylantirish bo‘yicha profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.
21-27 avgust kunlari olib borilgan profilaktik ishlar natijasida jinoyatchilikni keskin pasayishiga, tungi vaqtlarda esa umuman jinoyat sodir qilinishiga yo‘l qo‘yilmadi. Qidiruvda yurgan 4 nafar shaxs ushlandi, mol-mulklarini qarovsiz qoldirgan 2356 nafar shaxs mulkini qarovsiz qoldirmasligi to‘g‘risida ogohlantirildi. Shu bilan bir nechta o‘g‘irliq jinoyatining oldi barvaqt olindi. Tungi vaqtda qarovsiz, nazoratsiz yurgan 10 nafar voyaga etmagan shaxs aniqlanib, ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rildi.
Tunda bemaqsad yurgan 3706 nafar shaxs Ichki ishlar idoralariga olib kelinib, profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.




Mavzuga oid
16:23 / 24.06.2026
Xorazmda ham jamoat transportida to‘lovlar to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi
08:45 / 23.06.2026
Farg‘ona va Xorazmda narkotik moddalar qo‘lga olindi
13:30 / 16.06.2026
Toshkentda maktab o‘quvchilari ishtirokidagi jinoiy guruh ushlandi
20:25 / 10.06.2026