Krasnodar ölkasida yölovçi avtobusining dengizga qulab tuşişi oqibatida halok bölganlar soni 19 nafarga yetdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti. Bu haqda mintaqa favqulodda xizmatlar vakili ma'lum qilgan. 

«Jabrlanganlardan biri şifoxonada hayotdan köz yumdi. Yana 19 kişiga tibbiy yordam körsatilayapti», — degan agentlik suhbatdoşi. 

25 avgust kuni ertalab Kubanda dahşatli YTH röy bergan edi. Avtobus köprikdan suvga qulagan edi. Halok bölganlar va jabrlanganlarning barçasi «Tamanneftegaz»  hamda unga tegişli pudratçi quriliş taşkiloti işçilaridir. 

Fojiaga tormoz tizimining nosozligi sabab bölgan. Halokat işi böyiça avtobus haydovçisi Karapet Mikayelyan va tadbirkor Yuriy Veçeradze qölga olingan. Ular 26 oktabrgaça qamoqda saqlanadi.