Meksika hukumati AQŞga “Harvi” dovuli oqibatlarini bartaraf etişda yordam taklif qildi. Bu haqda Dallas News xabar bermoqda.
Meksika katta zarar körgan Texas ştatiga falokat bilan kuraşda yordam taklif qilgan, «sababi yaxşi qöşnilar oğir damlarda har doim şunday qiladi».
Xabar qilinişiça, Meksika taşqi işlar vaziri Luis Videgaray va Texas ştati gubernatori Greg Ebbott yakşanba, 27 avgust kuni tabiiy ofatni telefon orqali muhokama qilişgan.
Şuningdek, Meksikaning Ostindagi boş konsuli Karlos Gonsales Guterres gubernator kotibiyati bilan doimiy aloqada ekanini aytgan. U Meksika AQŞga qanday qilib yaxşiroq yordam körsatiş niyatidaligini ma'lum qildi.
«Xuddi avvalgidek, Meksika Texas bilan muşkul paytda birga böladi», - dedi Gonsales.
Ta'kidlanişiça, Meksika 12 yil avval, «Katrina» dovulidan söng oziq-ovqat, tibbiyot vositalari va içimlik suvi yuklangan kemalarni yuborgan bölib, öşanda Yangi Orleandagi tabiiy ofat qurbonlariga yordam körsatişga intilgan.
Avvalroq AQŞ harbiylari Texasdagi suv omborlaridan suvni çiqarib taşlaşni rejalaştirişayotgani xabar berilgandi.












